Egor Krimec: "Qizil kartochka? Hammasini jamoam uchun qildim, boshqa yo'lim yo'q edi"

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2019, 21:32
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec Ummon terma jamoasiga qarshi bo'lgan o'yindan (2:1) so'ng olgan qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi.

- O'zbekiston terma jamoasi gol o'tkazgan vaziyatda qanday kamchiliklar bo'ldi?
- Arab jamoalariga bo'sh hudud va o'ynashga imkon bersangiz ularga qarshi harakat qilish juda qiyin bo'ladi. O'tkazgan golimizning sababi shu bo'lsa kerak. Birinchi bo'limda o'yin teng kechdi, ikkinchi bo'limda esa raqib o'ynashiga imkon berdik. Baxtimizga bugun g'alabani qo'lga kiritdik. Asosiysi shu.

- Bugun qizil kartochka oldingiz. Bir tomondan terma jamoaga yordam berdingiz, boshqa tomondan bu milliy jamoamizning keyingi o'yinlarida muammoga aylanishi mumkin. Bu haqida nima deya olasiz?
- Bu muammo bo'ladi deb o'ylamayman, chunki jamoada boshqa himoyachilar bor. Terma jamoada almashtirib bo'lmaslar yo'q. Vaziyatni murabbiy bilan tahlil qilamiz. Hammasini jamoamiz uchun qildim, boshqa yo'lim yo'q edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia