Edinson Kavani: "Bu mavsumdagi maqsadim Fransiya chempioni bo'lish"

Narzulla Saydullayev
10 sen 2013, 09:01
PSJ hujumchisi Edinson Kavani bu mavsumda Fransiya chempionatida to'purar bo'lmoqchi ekan.

– Mavsumdagi bosh maqsadim PSJ safida Fransiya chempioni bo'lish, – deydi Kavaniya Le10sport.com nashriga. – Biroq shu bilan birga xuddi Italiyada bo'lgani kabi barchadan ko'p gol urmoqchiman. O'ylaganlarim amalga oshishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

Fransiya chempionatining dastlabki 4ta turida Kavani 2ta gol urdi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net