Edinak Ummonga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2015
Avstraliya terma jamoasi sardori Mayl Edinak Osiyo Kubogining 2-tur uchrashuvida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

Yarim himoyachi Quvaytga qarshi o'yinda (4:1) jarohat oldi.

"Biz Maylni asrashga qaror qildik - u Ummon bilan o'yinda ishtirok etmasligi aniq. Guruh bosqichida unga yana bir-ikki kun tatil beramiz. Koreya bilan o'yinga tayyor bo'lishi aniq emas.

Edinakning jarohati katta yo'qotish, ammo bizda uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi bor" - deydi Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Angelos Postekoglu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com