
"Bavariya" - Yevropaning amaldagi chempioni, biz esa katta o'yinlarda ishtirok etishni istaymiz. Ertaga biz eng kuchli klublardan biriga qarshi o'ynaymiz. Maydonga tushadigan futbolchilar bor kuchlari bilan o'ynashlari lozim. O'tgan ikki mavsumdagi YCHL haqida o'ylamaslik kerak. Nima bo'lgan bo'lsa barchasi tarixda. Bir qator o'yinchilar bilan anchadan buyon o'ynayapmiz, bundan tashqari yozda klubga kelgan futbolchilar jamoamizni kuchaytirishdi", - deydi Jeko UEFA rasmiy saytiga.