Edin Jeko evrokuboklardagi yubiley golini urdi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2021, 07:50
"Inter" YCHL doirasida "Shaxtyor"ni mag'lubiyatga uchratdi (2:0).

Ushbu o'yinda milanliklar hujumchisi Edin Jeko dublga erishdi. 

Bu orqali 35 yoshli bosniyalik futbolchi evrokuboklarda urgan gollari sonini 50taga etkazib oldi (saralash bosqichlarida urilgan gollar hisobga olinmagan). 

Gollarning 25 tasi YCHLdagi 60 o'yinda, yana 25 tasi esa ELdagi 48 ta o'yinda raqiblar darvozasiga kiritilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports