Ederson: "Bu ligada chempionlik uchun 6-7 jamoa kurashadi"

Mirjalol Normatov
8 noya 2020, 15:17
"Manchester Siti" posboni Ederson ushbu mavsumda jamoasining chempionlik imkoniyatlarini baholadi.

"Bu mavsum oldingilaridan farq qiladi. "Kuchli oltilik" jamoalari mavsumni yomon boshlashmadi. Ularga "Aston Villa", "Sautgempton" va "Everton" kabi jamoalar jiddiy raqobat qilmoqda. Ushbu jamoalar tarkibi ham ajoyib, shuningdek, raqobatbardosh.

Ushbu mavsumda jamoalar turnir jadvalida juda zich joylashgan. Shu sababdan aytishim mumkinki, chempionlik uchun faqatgina ikki jamoa kurashmaydi. Bu ligada 6-7 jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib boradi", - dedi Ederson.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal