Ederson APLda tengsiz

Alisher
27 iyul 2020, 10:14
"Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Ederson "Oltin qo'lqop"ga ega chiqdi.

26 yoshli darvozabon "shaharliklar" safida Angliya Premer-ligasidagi eng ko'p quruq o'yinni o'tkazdi.

Ederson joriy mavsum 35ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, 16ta o'yinda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

Braziliyalik Jo Xartdan so'ng "Man Siti"da ushbu sovrinni qo'lga kiritgan ilk darvozabon bo'ldi. Xart 2014/15 yilgi mavsumda "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManCity