Ederson Anchelotti haqida: “Braziliya TJga kelish ehtimoli yuqori. Pep esa …”

Eldor Akmurzayev
22 mar 2023, 07:40
“Man Siti” kiperi Ederson “Real” ustozi Karlo Anchelottining Braziliya TJga bosh murabbiy bo'lishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Buni Kazemiro, Vinisius, Militao bilan muhokama qilgandim. Ular menga Karlo ajoyibligi, hamma uni sevishi, u juda omadli ekanligini aytishdi. Yaqin kunlarda u keladimi yoki yo'q, ko'ramiz.

Albatta, uning kelish ehtimoli yuqori, shu tufayli bu imkon qadar tezroq ro'y berishini taminlashga harakat qilamiz.

Gvardiola bilan hazillashib, buni muhokama qilgandik (“pentakampeonlar”ni boshqarishi haqida), ammo Pep imkon yo'qligini aytdi. U yaqinda klub bilan shartnomasini ikki mavsumga uzaytirdi va hech qanday iloji yo'qligini tushuntirdi”, deydi Ederson.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca