Eden Azar faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2023, 14:25
"Chelsi" sobiq vingeri Eden Azar professional faoliyatini yakunlagani haqida ma'lumot berdi.

"O'zingni tinglab, o'z vaqtida "to'xta" deb ayta olishing kerak. 16 yil va 700 dan oshiq o'yindan so'ng professional futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Butun Yevropa va jahon darajasida o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Faoliyatim mobaynida ajoyib insonlar, menejerlar, murabbiylar va futbolchilar bilan ishladim. O'zim o'ynagan klublarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Belgiya terma jamoasiga ham rahmat", – deb yozdi 32 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Azar faoliyatini vatanida Belgiyada boshlagan, shundan so'ng 2005 yilda "Lill" tizimida paydo bo'lgan. 2012 yilda uni "Chelsi" sotib oldi va 7 mavsumdan so'ng 115 million evro evaziga "Real"ga o'tdi.

Azar ikki marta Angliya va Ispaniya chempioni bo'lgan, bir marta Fransiya chempioniga aylangan, Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan. U Belgiya terma jamoasi safida 126 ta o'yinda 33 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic