YCHL. Real va Manchester Siti pley-offga chiqdi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2015
Manchester Siti va Real klublari bu mavsumda YCHL 1/8 final bosqichiga chiqqan dastlabki klublarga aylanishdi.

Madrid klubi 4-turda PSJni mag'lub etib (1:0) ochkolarini 10taga etkazib oldi. Parij klubida 8, Shaxter va Malmeda 3tadan ochko qoldi.

Manchester Siti Sevilyani taslim qilib (3:1) 9 ochkoga ega bo'ldi. Yuventus hisobida 8 ochko bor. Sevilyada 3 ochko bor, lekin Ispaniya klubi Manchester Sitini qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ortda qoldira olmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia