YCHL. Pley-off ishtirokchilari ma'lum yoxud bundesliga yo'qotishlarsiz

11 dek 2014, 02:58
Yevropa chempionlar ligasi 2014/2015 mavsumidagi guruh bosqichi so'nggi tur o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Barcha 1/8 final bosqichiga yo'l olgan jamoalar nomi aniq bo'ldi.
"A" guruhidan Ispaniyaning amaldagi chempioni "Atletiko" klubi va Italiyaning 30 karra chempionlari Turinning "Yuventus" jamoalari keyingi bosqichga yo'llanma olishdi.

"B" guruhidan Yevropa chempionlar ligasining tgan mavsumdagi g'olib jamoasi "Real" hamda Shveytsariyaning "Bazel" klubi pley-off masalasini muvaffaqiyatli hal etdi.

"C" guruhini esa Fransiyaning "Monako" va Germaniya klubi "Bayer" jamoasi omadli yakunlab, 1/8 final bosqichiga yo'l olishdi.

"D" guruhidan "Borussiya D", "Arsenal", "E" guruhidan "Bavariya", "Manchester Siti", "F" kvartetidan "Barselona" hamda PSJ, "G" guruhidan "Chelsi", "Shalke", "H" guruhidan esa "Portu" va "Shaxtyor" jamoalari pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida bundesliganing barcha to'rttala jamoasi ham o'ynash huquqinini qo'lga kiritgan yagona chempionat vakillari bo'lishdi.
Angliya va Ispaniyadan uchtadan, Fransiyaning barcha ikkita jamoasi va Italiya chempionatidan faqatgina "Yuventus" musobaqadagi yurishini davom ettirishi mumkin.

Shuningdek, guruhlarda uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar: "Olimpiakos", "Liverpul", "Zenit", "Anderlext", "Roma", "Ayaks", "Sporting" va "Atletik" klublari Yevropa ligasida ishtirok etishadi.
 

Manba: championat.asia