YCHL. Nihoyat, “Yuventus” bugungi o'yin uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
28 okt 2020, 20:45
Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida turinliklar o'z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi.

Uchrashuvni koronavirus tufayli Krishtianu Ronaldu, Jorjo Kellini esa jarohati sabab o'tkazib yuboradi. Shuningdek, himoyachi Matteys De Ligt ham qaydnomada yo'q.

Darvozabonlar: Voycex Shesni, Karlo Pinsolo, Janluiji Buffon.

Himoyachilar: Danilo, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi, Merix Demiral, Janluka Frabotta, Koni de Vinter, Alessandro Richcho.

Yarim himoyachilar: Artur, Aaron Remzi, Ueston Makkenni, Federiko Keza, Adrien Rabo, Rodrigo Bentankur, Federiko Bernardeski, Manolo Portanova, Deyan Kulusevski.

Hujumchilar: Alvaro Morata, Paulo Dibala.

Eslatib o'tamiz, Turindagi bahs Toshkent vaqti bilan 29 oktyabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc