YCHL. Messi penaltilar bo'yicha Ronalduning rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
8 dek 2021, 08:00
Chempionlar Ligasi 6-turida PSJ o'z maydonida “Bryugge”ni yirik hisobda (4:1) taslim etdi.

Lionel Messi uchrashuvdagi ikkinchi golini raqib darvozasi tomon belgilangan penaltidan so'ng urdi. Bu argentinalikning musobaqadagi 22-penaltisi bo'ldi va u mazkur ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.

Messi 11 metrlik nuqtadan amalga oshirgan zarbalarining 18 tasida adashmagan bo'lsa, 4 tasi noaniq ketgan. Ronalduda esa bu ko'rsatkich: 19 gol hamda uchta muvaffaqiyatsiz urinish.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: MisterChip