YCHL. "Manchester Siti" - PSJ uchrashuvi uchun hakamlar tayinlandi

Mirjalol Normatov
2 may 2021, 15:48
YCHLning 1/2 finali doirasida "Manchester Siti" hamda PSJ jamoalari ishtirokidagi javob o'yini uchun hakamlar brigadasi tayinlandi.

Unga ko'ra, bahsni niderlandiyalik Born Kuypers boshqaradi. Qanotlarda uning vatandoshlari Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi. VAR tizimida ham niderlandiyaliklar ishlashadi - Pol van Bukel va Dennis Xigler.

Uchrashuv 4 may kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda "Siti" safarda 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal