YCHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022, 10:20
"Leyptsig" hujumchisi Andre Silva Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi. 

Portugaliyalik 3-tur doirasidagi "Seltik" bilan o'yinida ishtirok etdi (3:1).

Nemislar mazkur uchrashuvning 19-daqiqasidayoq gol urishdi – hujumchi Kristofer Nkunku unga mualliflik qildi, biroq vaziyat VAR tizimi orqali takroriy tekshirilgach, gol bekor qilindi. Sakkiz daqiqa o'tib, fransiyalik futbolchi yana o'zini ko'rsatdi, bu safar gol hisoblandi, unga Andre Silva assistentlik qildi. 

64-daqiqada Andre Silva yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 13 daqiqadan keyin esa dublni rasmiylashtirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.

O'sha uchrashuvdan so'n "Leyptsig" Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi ilk ochkolarini qo'lga kiritdi va "F" guruhida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Seltik" esa o'z navbatida oxirgi o'ringa tushib ketdi, ularda bir ochko bor.

YCHL. 3-turning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com