YCHL. "H" guruhi prevyusi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2016, 13:00
Bugun Yevropa chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi. "H" guruhi prevyusi bilan tanishing.

Turinning "Yuventus" klubi Fransiyada "Lion" mehmoni bo'lishadi. "Yuventus" dastlabki ikki turda o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi. "Lion" Fransiya chempionatida u qadar yaxshi ishtirok eta olmayapti (4ta g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat). "Yuve" esa doimgidek Italiya A seriyasida gegemonlikni davom ettirmoqda (7 g'alaba, 1 mag'lubiyat).

Xorvatiya chempioni Zagrebning "Dinamo" klubi o'z uyida "Sevilya" bilan kuch sinashadi. Zagrebliklar dastlabki ikki o'yinda umuman gol urmay 7ta to'p o'tkazishdi. Xorxe Sampaoli boshchiligidagi "Sevilya" esa 1ta gol urdi va umuman gol o'tkazmadi.



"Lion" - "Yuventus"
Taxminiy tarkiblar:
"Lion":
Lopesh; Yanga-Mbiva, Nkulu, Dyaxabi; Rafael, Tolisso, Gonalon, Darder, Morel; Fekir, Lyakazett.
O'ynamaydi: Jalle, Mammana, Ribus, Kalyulyu

"Yuventus": Buffon; Bardzali, Bonuchchi, Benatiya; Dani Alves, Xedira, Ernanes, Pyanich, Aleks Sandro; Dibala, Iguain.
O'ynamaydi: Asamoa, Kellini, Mandjukich, Markizio, Pyaca, Rugani



"Dinamo" Zagreb - "Sevilya"
Taxminiy tarkiblar:
"Dinamo":
Livakovich; Stoyanovich, Sigali, Shildenfeld, Pivarich; Mashadu, Jonas, Sudani, Antolich, Fernandes; Enrikes.
O'ynamaydi: Lovren, Gonsalu Santush

"Sevilya": Riko; Mariano, Rami, Merkado, Eskudero; Vaskes, Kranevitter, Ganso; Vitolo, Ben-Yedder, Sarabiya.
O'ynamaydi: Tremulinas, Karlos Fernandes, Karrisu

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia