YCHL finalida Karvaxal ham jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
27 may 2018, 00:56
Ayni paytda YCHL finalida 2-bo'lim boshlandi.

0:0 hisobi qayd etilayotgan uchrashuvni afsuski "Real" himoyachisi Dani Karvaxal oxiriga etkaza olmadi.

Ispaniyalik futbolchi 37-daqiqada Endryu Robertson bilan kurashdan so'ng erga noqulay tushdi va kuchli og'riq bilan maydonni tark etdi. Karvaxalning ko'z yoshlaridan uning mundialni o'tkazib yuborishi ham mumkinligini uqib olish mumkindek.



Hozircha Karvaxalning jarohati qay darajada ekanligi noma'lum. Umid qilamiz, Dani Karvaxalni JCH-2018da maydonda ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia