YCHL. Bu borada Vinisius barchani ortda qoldirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2021, 18:25
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi 5-tur bahslariga start beriladi.

Ortda qolgan 4-tur uchrashuvlaridan so'ng, musobaqaning eng yaxshi dribling sohibi "Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior bo'lib turibdi. Mavsumni ko'tarinki ruhda davom ettirayotgan futbolchi hozirgacha raqiblarini bevosita dribling evaziga 28 marotaba dog'da qoldirishni uddaladi va bu eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

Ikkinchi o'rinda "Yang Boyz" vakili Nikolas Ngamalyo va kuchli uchlikni PSJ futbolchisi Kilian Mbappe yakunlab beradi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia