YCHL. "Barselona" - "Manchester Siti" 1:0 (fotogalereya)

Aslanov Jasurbek
19 mar 2015
Kecha "Barselona" UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari doirasida "Manchester Siti"ni qabul qildi.
Bu bahsda Kataloniya klubi 1:0 hisobida g'alaba qozondi, o'yindagi yagona golga Rakitich mualliflik qildi. Ushbu uchrashuvning fotogalereyasini e'tiboringizga havola etamiz.

"Barselona" - "Manchester Siti" uchrashuvida "Kamp Nou" stadioni muxlislar bilan to'la edi.

Bu bahsni "Skysport" kanalida Terri Anri, Jeymi Karrager va Jeymi Rednapp sharhladi.

O'yinni ko'rishga xatto "Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola tashrif buyurdi.

Lionel Messi uchrashuv davomida bir necha jarima zarbalarini amalga oshirdi, ammo ularning barchasi besamar yakunlandi.

Suares ham bu o'yinda o'z jamoasi uchun gol ura olmadi.

Messining ajoyib to'p oshirishidan so'ng Rakitich hisobni ochdi va bu gol o'yinda yagona bo'lib qoldi.

Gol mana shunday sxema bo'yicha sodir bo'ldi.

Xar doimgidek golni butun jamoa nishonladi

Agueroning zarbalarini gohida darvozabon gohida himoyachilar qaytardi.

Aguero ishlab olgan penaltini o'zi amalga oshira olmadi.

Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: dailymail.co.uk