YCHL 5-turi oldidan “Real” forvardi safga qaytdi

Eldor Akmurzayev
29 noya 2020, 19:20
Madridliklar hujumchisi Karim Benzema jarohatidan forig' bo'ldi.

Francuz La Liga 9-turidagi "Valensiya" bilan o'yinda (1:4) oyoq mushaklaridan jarohatlangandi. Shu tufayli, u "Vilyarreal" (1:1), “Inter” (2:0) va “Alaves”ga (1:2) qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

Karim joriy mavsum klub libosida 11 o'yinda qatnashib, 6+3 natija ko'rsatib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan shogirdlarini oldinda YCHL-5 turi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi Kievdagi bahs kutmoqda. Uchrashuv 1 dekabrda o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca