YCHL. 5-turdan keyin 12ta yo'llanma sohibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
24 noya 2016, 07:28
Barselona va Manchester Siti kechagi o'yinlardan so'ng pley-offga yo'llanma olishdi.

Kataloniya klubi safarda Seltikni mag'lub etdi (2:0), mankunianliklar Borussiya M bilan durang o'ynashdi (1:1).

Barselona S guruhida birinchi o'rinni naqd qildi, Manchester Siti Kataloniya klubidan 4 ochko kam jamg'argan.

5-turdan so'ng quyidagi klublar keyingi bosqchiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lishdi: "Atletiko", "Arsenal", PSJ, "Barselona", "Lester", "Yuventus", "Bayer", "Manchester Siti", "Monako", "Bavariya", "Real Madrid", "Borussiya D". 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia