"Echeverri tinmay mashq qildi, mehnat o'z natijasini ko'rsatdi" - Gvardiola

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025, 11:18
Klublar o'rtasidagi JCH 2-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Al Ayn" (6:0) bellashuvidan so'ng "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola yarim himoyachi Klaudio Echeverri haqida fikr bildirdi.

"Echeverri o'tgan mavsumda kelganidan beri, uch-to'rt oy davomida mashg'ulotlar oxirida yakka o'zi darvozabon va devor bilan jarima zarbalarini mashq qilardi. Boshqalar bunday qilmasdi.

U tinmay mashq qildi, mehnat o'z natijasini ko'rsatdi, unda jasorat va mahorat bor edi. Mashq qilish golf yoki basketbolga o'xshaydi: qancha ko'p harakat qilsangiz, shuncha ko'p imkoniyatga ega bo'lasiz. U ajoyib gol urdi va kichik bo'shliqlarda g'oyat mohir o'yinchi ekanligini isbotladi.

Afsuski, to'pig'idagi muammo tufayli tanaffusdan keyin o'yinni davom ettira olmadi, ammo bu musobaqadagi ilk daqiqalaridayoq ajoyib gol urgani juda yaxshi bo'ldi. Jarima zarbasi haqiqatan ham juda zo'r chiqdi.

Eng muhimi, biz keyingi bosqichga yo'l oldik.

Biz oldinga intilyapmiz va oxir-oqibat kuchli jamoalarga duch kelishimiz muqarrar. Braziliya jamoalari va Yevropaning eng yaxshi klublari ishtirokidagi o'yinlarga guvoh bo'layotgandirsiz, ammo bu bizni uncha tashvishlantirmaydi.

"Yuventus" bilan o'yinimizga to'rt kun qoldi, undan keyin esa navbatdagi raqibimiz bilan uchrashuvimiz bo'ladi. Qo'shma Shtatlarda yana bir hafta qolayotganimizdan xursandman", – dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN