Dunyoning eng ko'p pul topadigan murabbiylari ma'lum bo'ldi

2 apr 2019, 08:20
“France Football” nashri 2018/19 yilgi mavsum bo'yicha dunyoning eng ko'p haq to'lanadigan murabbiylarini e'lon qild.

Reytingni tuzishda maosh, bonus va boshqa daromadlar ham hisobga olingan.

Unga ko'ra, 1-o'rinda “Atletiko M” ustozi Diego Simeone bormoqda. U yiliga 41 mln evro ishlab topadi. 2-o'rinda esa “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Joze Mourinyo qayd etilgan. Joze yiliga 31 mln evro topishi ko'rsatilgan. Uchinchi o'rinda esa “Monako” sobiq ustozi Terri Anri, yillik 25,5 mln evrolik daromad bilan bormoqda. Beshlikka Pep Gvardiola (“Manchester Siti”, 24 mln evro) va Ernesto Valverde (“Barselona”, 23 mln evro) ham kirgan.

Qayd etish joiz, mablag'lar soliq to'lovlarigacha bo'lgan holatda ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football