Dunga – Barziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga asosiy da'vogar

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2014, 11:39
Braziliya terma jamoasining sobiq sardori va murabbiyi Dunga yana terma jamoani boshqarishi mumkin.
Juma kuni 50 yoshli mutaxassis braziliyaliklar ustozi bo'lishga asosiy nomzodligi malum qilindi.

Dunga Braziliya terma jamoasida 2006 yildan 2009 yilgacha ishlagan va shu vaqt davomida 2007 yilda Amerika Kubogini va 2009 yilda Konfederatsiyalar Kubogini qo'lga kiritgan.

Braziliya terma jamoasi murabbiyi nomi seshanba kuni elon qilinishi mumkin. Eslatib o'tamiz, pentakampeonlarning sobiq murabbiyi Luis Felipe Skolari JCH-2014dan so'ng milliy jamoani tark etdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru