Dunga: 15 nafar futbolchimiz kasal bo'lgani uchun mashg'ulotlarni kamaytirgandik

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2015, 12:00
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga Amerika kubogi chorak finalida Paragvayga qarshi o'yindan so'ng (1:1, penaltilar seriyasida 3-4) o'z fikrlarini bildirdi.
Bu bahona emas, 15 nafar futbolchimiz kasal bo'lib qoldi, shu bois mashg'ulotlarimizni kamaytirdik. Futbolchilar bosh og'rig'i, beldagi og'riqlardan aziyat chekishdi, qayd qilishdi. Bazilar juda qiynaldi.

Villian va Robino o'zlarini yomon his qilishdi.

O'yinga kelsak hujumkorlikni kuchaytirish uchun bizga tezlik yetishmadi.

Amerika kubogi – og'ir musobaqa. Braziliya mag'lub bo'ldi. Yutqazganda nimadir yetishmagan bo'ladi. Bu safar Neymarni ham qo'shsak 5 nafar futbolchini yo'qotdik, ammo katta tajriba to'pladik. Albatta, musobaqada g'olib chiqmoqchi edik, ammo asosiy maqsad Jahon chempionatiga chiqish, – deydi Dunga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru