Duglas Kosta Myunxenda avariyaga uchradi, ammo shikastlanmadi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2015, 11:10
"Bavariya" yarim himoyachisi Duglas Kosta bilan Myunxen ko'chalarining birida noxush voqea yuz berdi.

Braziliyalik futbolchi, uning akasi ukasi Stefano Kosta va agentlardan biri Audi Q7 markali mashinada ketishayotgan edi. Kosta qizil chiroqda o'tib ketdi, natijada mashina tramvay bilan to'qnashdi. Braziliyaliklar va tramvay yo'lovchilari shikastlangani yo'q, policiya esa voqea borasida protokol tuzdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz