Duglas Kosta jarohati bois Braziliya termasiga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017, 23:44
“Bavariya”ning hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kosta chap tizzasidagi jarohati bois jamoasining bugungi mashg'ulotini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

26 yoshli braziliyalik xavbek Bundesliganing 25-turida Myunxen superklubining “Borussiya” Myunxengladbaxga qarshi o'tadigan o'yinida ishtirok etuvchi futbolchilar safidan joy olmadi. Shuningdek, kartochkalari ko'payib ketgan Arturo Vidal ham ushbu o'yinda ishtirok etolmaydi.

Bundan tashqari Duglas Kosta Braziliya termasining JCH-2018 saralashi doirasida Urugvaya (24 mart) va Paragvay (29 marta) terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarni ham o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: официальный сайт «Баварии»