Dubay shahzodasi MTJ mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 12:44
Dubay shahri shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum BAA terma jamoasining kechagi mashg'ulotiga tashrif buyurdi.
Amirlik futbolchilari kechagi mashg'ulotni “Nad Al Sheba” stadionida o'tkazishdi.

Xabaringiz bor, BAA termasi 5 mart kuni Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi mehmoni bo'ladi. Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichining oxirgi turidan o'rin olgan mazkur bellashuv ancha qiziqarli kechishi kutilmoqda.

Mashg'ulotga kelgan Shayx Hamdan terma jamoa a'zolari va bosh murabbiy bilan gaplashdi. Terma jamoa ustozi Mahdi Ali bilan suhbat chog'ida Dubay shahzodasi O'zbekiston bilan kechadigan bellashuvda omad tiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia