"Dubai Cup-2022". O'zbekiston U-23 keyingi o'yinni kimga qarshi o'tkazishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
27 mar 2022, 18:19
Xabaringiz bor, ayni paytda Dubay shahrida xalqaro "Dubai Cup" musobaqasi davom etmoqda.

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi dastlab Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida yutqazdi, kecha esa vakillarimiz BAA bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Navbatdagi o'yinni olimpiyachilarimiz 29 mart kuni Vetnamga qarshi o'tkazishadi. Mazkur bahs soat 17:00da "Al Avir" stadionida boshlanadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.


Akalarining dardiga sherik bo'lgan ukalar        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia