Dris Mertens Edinson Kavaniga yetib oldi

Mertens kecha “Napoli” safida “Jenoa”ga qarshi bahsda maydonga tushib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Bu belgiyalik futbolchi uchun “Napoli” safida barcha musobaqalarda urgan 104-goli bo'ldi. Natijada Mertens Edinson Kavaniga yetib oldi. Ikkala futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida 4-o'rinni band etib turibdi. Oldinda Marek Hamshik (121), Diego Maradona (115) va Attila Sallustro (108) bor.


Manba: Opta