

Yarim himoyachi Drinkuoter 6-raqamda, Dzappakosta esa 21-raqamda to'p tepadi.
2012 yildan beri "Lester Siti" sharafini himoya qilib kelgan 27 yoshli Drinkuoter 35 mln. funt evaziga "ko'klar" safiga o'tdi.
25 yoshli Dzappakosta esa "Torino" g'aznasini 23 mln. funtga to'ldirib, "aristokratlar" safiga qo'shildi.



