Dostonbek Hamdamovga Osiyoning eng yaxshi futbolchisiga atalgan statuetka sovg'a qilindi
13 yanv 2016, 23:55
Janubiy Koreya (U-23) - O'zbekiston (U-23) (2:1) uchrashuvidan so'ng olimpiya terma jamoamiz vingeri Dostonbek Hamdamovga Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini topshirildi.
Uchrashuv yakunlanishi bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi vingeri Dostonbek Hamdamov o'z sovrini OFK vakilidan qabul qilib oldi.