Dostonbek Hamdamov: “Metallurg” – jiddiy raqib!”

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2016, 13:59
Bugun mamlakat kubogi doirasida bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” vakili Dostonbek Hamdamovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.


- Uchrashuvga puxta hozirlik ko'rganmiz. Fikrimcha, tanaffusdan keyin ikkala jamoa vakillariga ham oson bo'lmaydi. “Metallurg” – jiddiy raqib. Ularga qarshi to'liq kuch va e'tiborni yo'qotmasdan harakat qilamiz. “Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalarining joriy yilda namoyish etayotgan o'yinlari ko'pchilikka manzur bo'lmoqda. Shu boisdan ham keyingi bosqichga har ikkala jamoa chiqishga loyiq, degan bo'lardim. Bahs qanday borishini albatta o'yin davomida bilamiz. “Bunyodkor” yaxshi o'yin ko'rsatishga va g'alaba qozonishga harakat qiladi, - deydi Dostonbek Hamdamov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia