

- Chempionatning 1-tur uchrashuviga qaratilgan tayyorgarligimiz yaxshi o'tdi. OCHL va oliy liga uchrashuvlari boshqa-boshqa. Jizzaxliklar tarkibini qarab chiqdim. Jamoada yaxshi futbolchilar bor. “So'g'diyona”ga qarshi bahsga tayyormiz. Chempionat startida yaxshi natija ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Dostonbek Hamdamov.




