

Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz himoyachisi Doston Tursunovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Slovakiyadagi yig'inimiz samarali davom etmoqda. Hozircha ikkita o'yin o'tkazdik. Dastlab Birlashgan Arab Amirliklari olimpiyachilariga qarshi maydonga tushdik. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida Bobur Yo'ldoshev tomonidan urilgan gol evaziga g'olib bo'ldik. Ikkinchi o'yin Saudiya Arabistoniga qarshi o'tdi. Raqib bizdan kuchli emas edi, omadimiz kelmadi. Bu o'yinda arablar hujumdan samarali foydalanib zafar quchishdi.
Bu yerdagi sharoitlarga kelsak barchasi ajoyib, baribir Yevropa mamlakati ekanligi sezilib turibdi", - deydi Doston Tursunov.



