Doston Hamdamov: "Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda"

Narzulla Saydullayev
7 may 2015, 12:46
Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg'iziston olimpiyachilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

2:2 hisobida yakunlangan o'yindan keyin terma jamoamiz yarim himoyachisi Doston Hamdamovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qirg'izistonga qarshi o'yin yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Ular ham yaxshi jamoaga ega ekanlar. Qirg'izistonga Osiyo chempionatida saralashida omad tilayman. Raqib futbolchilari bizdan kattaroq edi, lekin bu uchrashuv vaqtida u qadar sezildi deb o'ylamayman. 

- Jahon chempionatiga oz fursat qolmoqda. Tayyorgarlik maromida ketmoqda. Barcha qanday musobaqaga ketayotganini yaxshi tushunib turibdi. Hozirgi tarkibdagi ko'plab futbolchilar o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan.

- Raqiblarni disklar orqali o'rganib borayapmiz. Guruhdagi barcha raqiblar bilan o'ynasa bo'ladi. Shunchaki cho'chimagan holda maydonga tushsak bo'lgani, - deydi Hamdamov.


Narzulla Saydullaev yozib oldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia