"Do'stlik" Birinchi ligaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
16 fev 2026, 13:49
Toshkentning "Do'stlik" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Samug' Dadaev boshchiligidagi jamoa o'zagini 2009-2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar tashkil etmoqda.

26 yanvar kuni boshlangan dastlabki yig'in 15 fevral kuni Qirg'izistonning "O'shmualDiyor" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi.

Jamoani oldinda ikkinchi yig'in kutmoqda.

"Do'stlik" - "O'shmualDiyor" (Qirg'iziston) 4:0
Gollar:
Yashnar Rahmonov 37, Yoqubjon Qodirov 55, Abubakir Qobiljonov 85, Abdulloh Ismoilov 90.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia