Dortmundning "Borussiya" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Aslanov Jasurbek
22 may 2018, 14:15
Dortmundning "Borussiya" matbuot xizmati klubning asosiy jamoasi uchun yangi bosh murabbiy tayinlanganini e'lon qildi.

"Cyurix", "Gerta", "Borussiya" M va "Nicca" klublarida ishlagan Lyusen Favr endi Dortmund klubini boshqaradi. "Arilar" va mutaxassis o'rtasida imzolangan shartnoma 2020 yilgacha amal qiladi.

Avvalgi bosh murabbiy Peter Shtyoger mavsum yakunlanishi bilan "Borussiya"ni tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia