Dortmundning "Borussiya" klubi Xedira va ter Shtegenni nishonga olgan

Aslanov Jasurbek
13 fev 2015, 10:28
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real" yarim himoyachisi Sami Xedira va "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga qiziqish bildiryapti.

Xedira hozirda "Qirollik klubi"da og'ir damlarni boshidan o'tkazyapti. Germaniya terma jamoasi futbolchisiga bu mavsumda jarohatlar halaqit berdi. Bundan tashqari u Ronalduning bayram kechasida ishtirok etgani uchun "Real"dan hayfsan oldi. Xediraning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2015 yilning yozida yakunlanadi. "Barselona" ter Shtegenni boshqa jamoaga bergisi yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com