Dortmundning "Borussiya" klubi Tuxel o'rniga kelgan murabbiy nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 16:12
Dortmundning "Borussiya" klubi jamoaning yangi ustozi nomini e'lon qildi.

Bu haqda nemis klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Ayaks" bosh murabbiyi Piter Bosh "Borussiya" ustozi etib tayinlandi. Kelishuv 2019 yilning yozigacha belgilangan.

Piter Bosh boshchiligidagi "Ayaks" yakunlangan mavsumda Gollandiya chempionatida 2-o'rinni egalladi va Yevropa ligasining finaligacha yetib bordi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia