Donnarumma uchun kurashda qaysi klub favorit ekanligi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
7 mar 2021, 02:04
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, 22 yoshli darvozabon uchun kurashda PSJ favorit hisoblanadi.

Alohida aytish kerakki, posbon uchun "Chelsi" ham da'vogarlik qilmoqda.

Donnarummaning "Milan" bilan shartnomasi shu yilning yozida o'z nihoyasiga etadi va klub hamon muddatni uzaytirish borasida bir to'xtamga kelgani yo'q.

Donnarumma ushbu mavsum 33 ta o'yin o'tkazib, 41 ta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb