

Italiya tyerma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Jurnalist Fabricio Romanoning aytishicha, Jiji Parij klubi qarorgohiga yetib kelgan va yaqin orada ushbu transfyer rasman e'lon qilinadi.
Biroq 22 yoshli posbon allaqachon klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolab bo'lgan.
Donnarumma o'tgan mavsum "Milan" safida 48 uchrashuv o'tkazib, o'z darvozasidan 54 ta to'p o'tkazib yuborgan.
U tyerma jamoasi bilan birgalikda Yevropa chempioni bo'ldi hamda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


