Donnarumma chempion bo'lganini bilmay qolganmidi? Uning o'zi javob berdi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2021, 01:55
Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarumma Evro-2020 finalidan keyingi o'zini noodatiy ravishda tutgani haqida gapirdi.

Donnarumma Bukayo Sakaning zarbasini qaytargandan so'ng, nega hech qanday emociya ko'rsatmagani haqida o'zi so'zlab berdi:

"Men chempion bo'lganimni tushuna olmay qoldim. Hammasi joyida ekanligini bilish uchun hakamga nazar tashladim. Jamoadoshlarimga shunchaki qaraginimda esa, ular men tomon yugurib kelishayotgandi. Hammasi shundan boshlandi. Men hech narsani tushunmayotgandim",-dedi Janluiji Donnarumma.

Eslatib o'tamiz, Janluiji Donnarumma Evro-2020 turnirining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U yaqin kunlarda PSJ klubi a'zosiga aylanishi kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italia