Doniyor Hasanov: “Obod” PFL talab qilgan hujjatlarni tayyorlamoqda”

Narzulla Saydullayev
22 dek 2015, 14:35
Joriy mavsum birinchi ligada kichik oltin medallarni qo'lga kiritgan Toshkentning “Obod” jamoasi reglamentga ko'ra, kelasi yil oliy ligada ishtirok etish xuquqiga ega.

Ammo bugun O'FFda bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimida PFL bosh direktori Farhod Magometov “Obod”ni elitada ishtirok eta olmasligini ham ta'kidlab o'tib, bunga klubni licenziyalash ishlari hozircha tayyor emasligini, lekin muhlat berilganini ta'kidlab o'tgan. Biz esa qur'adan so'ng, “Obod” jamoasi sardori Doniyor Hasanov bilan suhbatlashdik.

- Ochig'i, qur'aga jiddiy e'tibor bermagandik. Sababi biz uchun qaysi jamoa bilan o'ynashning ahamiyati yuqori emas edi. Har bir raqib bilan baribir o'ynashga to'g'ri keladi – deya gap boshladi Hasanov.

- To'g'ri, chempionatning boshlanishida o'rtamiyona jamoalar bilan to'qnash kelgan yaxshiroq. Lekin biz bunga e'tibor qaratmadik. Asosiysi PFL talab qilgan hujjatlarni aytilgan muhlatgacha tayyorlashni o'ylayapmiz. Ayni paytda bu borada ish olib borilmoqda. 10 yanvarga qadar talablarni bajarishga harakat qilamiz. So'nggi qarorni baribir PFL chiqaradi.

Islombek Rustambekov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia