Doniyor Hasanov: "3 yil oldin tashkil topgan klub oliy ligaga chiqdi"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2016, 18:16
"Obod" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar sardori Doniyor Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

"Har bir jamoa maydonga g'alaba uchun tushadi. Bugun durang o'ynadik. Bizning jamoa tashkil topganiga 3 yil bo'ldi. Qisqa muddatda oliy ligaga chiqdik. Tarkibda ko'plab yoshlar bor. Biz endi jamoa sifatida shakllanib borayapmiz. "Buxoro"da esa juda tajribali futbolchilar o'ynashadi. Shu bois bugun qarshi hujumda harakat qildik. Menimcha murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik", - deydi Hasanov. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia