Dmitriy Pletnyov - "Dinamo" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2025
2025 yilgi mavsumning birinchi qismini "Surxon"da o'tkazgan Dmitriy Pletnyov faoliyatini Samarqandda davom ettiradi.

Mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" Pletnyovni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Rossiyalik 27 yoshli yarim himoyachi hamda Samarqand klubi o'rtasidagi bitim 2026 yilning oxirida yakuniga etadi.

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Pletnyov Rossiya o'smirlar jamoasi safida JCH-2015da ishtirok etgan. Shuningdek, u Rossiyaning "Zenit", "Tom", "Baltika", Qozog'istonning "Atirau", Belarusning "Arsenal" va so'nggi ikki mavsum davomida Termizning "Surxon" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Pletnyov joriy mavsum "Surxon" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik vazifasini bajardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/FCDinamo1960