Diyor Imomxo'jaev: "Tarixda birinchi marta terma jamoa chempionatga yon bersa yaxshi bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2020, 12:50
JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlar keyingi yilga qoldirilganiga PFL Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'z munosabatini bildirdi.

Oktyabr va noyabr oylaridagi JCH saralash uchrashuvlari 2021 yilga qoldirildi. Bu O'zPFL uchun yaxshi xabar. Chempionatni yakunlab olish va kubok uchrashuvlarini haminqadar o'tkazib olish uchun imkon berildi.

Ammo FIFA kunlari saqlab qolindi. Umid qilamizki, O'FA vaziyatga real baho berib, oktyabr va noyabr oyidagi FIFA kunlarini o'rtoqlik uchrashuvlariga emas, O'zPFLga taqdim etadi. Fikrimizcha, milliy terma jamoa futbolchilari uchun eng yaxshi sinov - rasmiy o'yinlar. Chempionatni to'liq yakunlab olishimiz uchun tarixda birinchi marta terma jamoa chempionatga yon bersa yaxshi bo'lardi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.  


Breaking news. O'zbekiston terma jamoasining JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlari 2021 yilga qoldirildi 

Vadim Abramov: "Oktyabr va noyabr oylarida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga harakat qilamiz"        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia