Diyor Imomxo'jaev: "Futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman, ertadan bir haftalik bo'lsa ham tatil olaman"

Narzulla Saydullayev
8 fev 2020, 19:21
PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev 2020 yilgi Superligaga qur'a tashlash marosimidagi tushunmovchiliklar uchun uzr so'radi.

"Qur'a tashlash marosimida birinchi marta hayajonlandim. Bu katta xato men tarafdan. Buning uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman.

Hozir hammasi joyida, kutilmagan vaziyat bartaraf etildi. Ertadan bir haftalik bo'lsa ham tatil olaman. Hammasi haqida yaxshilab o'ylab olish uchun vaqt kerak", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Ma'lumot uchun, qur'a davomida jamoalarga raqamlar aniqlashda tushunmovchiliklar yuzaga keldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia