Diqqat qiling! Birinchi liga yo'lga chiqmoqda!

Narzulla Saydullayev
4 apr 2015, 11:18
Nihoyat bugun mamlakatimizda birinchi liga o'yinlari start oladi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, joriy mavsum ham chepionat ikki bosqichdan iborat bo'lib, ishtirokchilar ikki mintaqaga ajratildi. Toshkentning “Istiqlol” jamoasi o'rniga yakunda Samarqandning “Sherdor” jamoasi qatnashishi ma'lum bo'ldi.

“Sharq” mintaqasi ishtirokchisi Farg'onaning “Yozyovon-lochinlari” jamoasi bu yil ligada debyut mavsumini o'tkazadi. Boshqa bu kabi jamoalar yo'q. Hammasi ilgari chempionatda ishtirok etgan. Ha, aytgancha Quvasoyning “Cementchi” jamoasi ham uzoq yillikdan so'ng yana birinchi ligaga qaytganini etirof etish lozim.

O'tgan mavsum debyutant bo'lishiga qaramay ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan Toshkentning “Obod” jamoasi bu yil qur'aga ko'ra kurashni “G'arb” mintaqasida boshlaydi.

Chempionatda 1-o'rinni egallagan jamoa to'g'ridan-to'g'ri oliy ligaga yo'l oladi. 2-o'rin egasi esa oliy liganing 15-o'rindagi jamoasi bilan pley-off uchrashuvida ishtirok etadi.
Xo'sh, bu yil elita yo'llanmasi uchun kimlarni asosiy davogar deya olamiz. Bizningcha bu borada kurash katta ehtimol “Oq-tepa”, “Obod” va “UzDongJu” jamoalari o'rtasida kechadi. Qolganini mavsum ko'rsatadi.

Xullas bugun chempionat start oladi. Tabiiyki “CA” ham birinchi ligaga har galgidek katta e'tibor qaratgan holda, chempionatni yoritishni boshlaydi.

“G'arb” mintaqasi
1-tur. 4 aprel (shanba)
Xorazm (Urganch) – Obod (Toshkent)
Hakamlar
: D. Jalimov (Nukus), SH. Qamarov (Samarqand), S. Hakimov (Samarqand)
Nazoratchi: R. Davletmurotov (Toshkent).
 
Orol (Nukus) – Alanga (Koson)
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro), A. Burov (Buxoro), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent vil.).
 
16:00. Nasaf-2 (Qarshi) – G'ijduvon (G'ijduvon)
Hakamlar:
N. Boltaev (Navoiy), A. Alimov (Urganch), D. Iskanderov (Nukus)
Nazoratchi: M. Ismailov (Toshkent).
 
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Zomin (Zomin)
Hakamlar:
R. Toshmuxamedov (Toshkent vil.), N. Anfinogenov (Toshkent), S. Nishonboev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
 
Mashal-2 (Muborak) – Sherdor (Samarqand)
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), X. Otamurotov (Urganch), D. Jumaniyozov (Urganch)
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
 

Sharq mintaqasi
1-tur. 4 aprel(shanba)
16:00. Chust-Paxtakor (Chust) – UzDongJu (Andijon)
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent vil.), I. Abdulaqov (Toshkent vil.), I. Zoitov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
 
Kosonsoy (Kosonsoy) – Xotira-79 (Uychi)
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. O'rinov (Farg'ona), SH. A'zamov (Farg'ona)
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).
 
Paxtakor-2 (Toshkent) – Ok-tepa (Toshkent)
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), Q. Abduraimov (Jizzax)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
 
5 aprel (yakshanba)
Cementchi (Kuvasoy) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon)
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
 
NBU-Osiyo (Toshkent) – Bunyodkor-2 (Toshkent)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), S. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia