Dino Zoff: "Ronaldu ham biz kabi odam"

Sherzod Nurmatov
18 noya 2021
Italiya terma jamoasi va "Yuventus" sobiq darvozaboni "keksa sinora"da kuzatilayotgan hozirgi holat haqida to'xtaldi.

79 yoshli Dino Zoff Italiya chempionati 13-turidan o'rin olgan "Lacio"ga qarshi uchrashuv oldidan Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa haqida fikr bildirdi.

"O'ylashimcha, "Lacio" va "Yuve" qiziqarli futbol namoyish etishadi. Sarri bilan uchrashuv – yana bir muhim detal. Albatta, futbolda bunday ssenariyga birinchi marta duch kelmayapmiz. Ehtimol, "Lacio" g'alaba qozonsa, Mauricio o'zidan qandaydir qoniqish hosil qilsa kerak.

Ronalduning kyetishi?  Bu qabul qilinadigan qarorlarga bog'liq edi. Hozirgi holatda, hal qiluvchi fikr o'yinchida qoladi. Bu chempionlar bilan sodir bo'ladi. Haqiqatga tik boqaylik: u hammasini yolg'iz o'zi uddalay olmasdi. Hamma undan Oyni olib berishni so'radi va kutdi. Xatolar bo'lishi mumkin emas, biroq u ham biz kabi odam", – dedi Zoff.

"Lacio" hamda "Yuventus" o'rtasidagi qarama-qarshilik 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport